Imarat Development faoliyati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi, tergov nazoratga olindi
Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şohköçasida ofisi joylaşgan Imarat Development MÇJ faoliyatidan norozi bölgan bir neça fuqaro jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Toşkent şahar IIBB ma’lumotiga köra, tekşiruvda kompaniya qurişni rejalaştirgan köp qavatli uylar Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida joylaşgani aniqlangan. Uylar viloyat hududida qurilayotgani sabab ayrim fuqarolar xonadonlar uçun tölagan pullarini qaytarişni söragan, biroq mablağlar qaytarilmagan.
Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») va 192¹¹-moddasi («Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş») alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği hamda prokuratura nazoratiga olingan. Tergov natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.