20 ta avtomashina ijarasi, 878 mln so‘m qarz: sud tadbirkor foydasiga qaror chiqardi

Asosiy rasm

Namangandagi «T.M.S.S» MChJ «Qamchiqavtoyo‘l» yo‘llardan foydalanish korxonasiga 20 ta avtomashina ijaraga bergan, biroq ijara haqini to‘liq ololmagan.

Biznes-ombudsman ma’lum qilishicha, shartnomalar 2022–2026-yillarda tuzilgan. Avtomashinalar tegishli hujjatlar asosida topshirilib, hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, 878 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan.

Tadbirkorning murojaatidan so‘ng Biznes-ombudsman uning manfaatini himoya qilib, sudga da’vo kiritgan. Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi ijarachidan «T.M.S.S» MChJ foydasiga 878 mln so‘m qarzni undirishni belgilagan.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring