Ma’muriy sudlar 9 oyda qariyb 4,5 ming fuqaro va yuridik shaxsning huquqlarini tikladi
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida ma’muriy sudlarda 13 440 ta ommaviy nizo ko‘rib chiqilib, 4 497 fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari tiklandi. Bu haqda Oliy sud ma’lum qildi.
Ma’muriy organlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlari ustidan berilgan 4 934 ta ariza ko‘rib chiqilgan. Natijada 1 906 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning 2 332 ta harakati yoki harakatsizligi qonunga xilof deb topilgan.
Aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish uchun tegishli organlarga 1 267 ta xususiy ajrim yuborilgan.