Chirchiqda fuqarolarning omonatiga xiyonat qilgan bank xodimi fosh etildi

Asosiy rasm

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda omonat mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, tijorat bankining bo‘lim boshlig‘i O.R. 13 nafar fuqaroning 1,3 mlrd so‘mini kassaga kirim qilmagan. U omonat hisobvaraqlariga soxta ma’lumotlar kiritib, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagani qayd etilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi – o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring