«Demokrat.uz» rahbari F. Mehmonov va bloger A. Ğoipnazarovga oid iş böyiça sud hukmi e’lon qilindi

Asosiy rasm

Jinoyat işleri böyiça Mirobod tuman sudida «Demokrat.uz» internet naşri rahbari F. Mehmonov va bloger A. Ğoipnazarovga oid jinoyat işini körib çiqiş yakunlandi.

Ma’lum qilinişiça, 11-noyabrda e’lon qilingan birinçi instansiya sudi hukmi bilan F. Mehmonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik), 168-moddasi (firibgarlik) va 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarda, A. Ğoipnazarov esa 165-modda böyiça aybli deb topilgan.

F. Mehmonovga 10 yil 3 oy, A. Ğoipnazarovga 10 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Joriy yilning fevral oyida Toşkent şahar IIBB mazkur şaxslarga nisbatan avtosalon haqidagi videomateriallarni öçiriş va e’lon qilmaslik evaziga pul talab qiliş holati yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan edi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring