13 mln dollar sarmoya kiritgan tadbirkorga soliq imtiyozini rad etish noqonuniy deb topildi

Asosiy rasm

Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi «Chorvoq» erkin turistik zonasida mehmonxona qurayotgan tadbirkorga yer solig‘i imtiyozini qo‘llashni rad etishni qonunga xilof deb topdi. Bu haqda Biznes-ombudsman ma’lum qildi.

Korxona 2021-yilda zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Loyihaga 168 mlrd so‘mdan ortiq, taxminan 13 mln dollar sarflangan. Bu investitsiya bitimida belgilangan 10 mln dollarlik majburiyatdan ko‘p.

Imtiyoz mehmonxona qurilishi tugallanmagani sababli rad etilgan. Holbuki, obyektni bitkazish muddati 2028-yil 30-yanvar etib belgilangan. Biznes-ombudsman sudda qurilish davom etayotgani imtiyozni avtomatik rad etish uchun mustaqil asos emasligini ta’kidlagan.

2026-yil 6-oktabrdagi sud qarori bilan Soliq qo‘mitasiga tadbirkorning murojaatini qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklatilgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring