1-noyabrdan Özbekistonda qanday tartiblar kuçga kiradi?
▪️ Reklama qönğiroqlari va SMS-xabarlarni soat 18:00–09:00 oraliğida tarqatiş taqiqlanadi. Reklama SMSlari uçun abonentning yozma yoki elektron roziligi talab etiladi. Operatorlar öz reklamalarini abonent söroviga köra bloklaşi şart.
▪️ 1-noyabrdan gazning oylik bazaviy me’yori 500 kub metr bölgan qişki tartib barça hududlarda amal qiladi. Qoraqalpoğiston va Xorazmda uşbu tartib oktabrdan qöllanmoqda.
▪️ Iş hajmi qisqarişi yoki korxona tugatilişi sabab işsiz deb e’tirof etilgan, belgilangan şartlarga mos şaxslarga umumiy pensiya yoşidan ikki yil avval pensiyani arizasiz tayinlaş tartibi joriy etiladi.
▪️ Imtiyozli pensiya oliş huquqiga ega şaxslar DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilişi mumkin böladi. Pensionerlarga bank kartasi oçişda Face-ID joriy etiladi.
▪️ Avtomatlaştirilgan hisob tizimlariga ulangan, masofadan öçirib-yoqiladigan hisoblagiçi bor tadbirkorlar uçun elektr va gazning oldindan tölovi 15 foiz böladi. Oxirgi ikki oyda tölov intizomini buzganlar bundan mustasno. Uşbu tadbirkorlarning elektr va gaz sarfi böyiça yozma hisobot topşiriş majburiyati ham bekor qilinadi.
▪️ Xalqaro kuryerlik jönatmalarini bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş uçun yiğim stavkasi 20 foizga kamayadi.
▪️ Issiqlikni tejovçi maxsus qoplama yoki energiya samarador «yaşil» isitiş vositalaridan foydalanuvçi issiqxonalarning oktabr–martdagi elektr xarajatining 50 foizi subsidiya qilinadi. Tartib 2030-yil 1-aprelgaça amal qiladi.
▪️ Muhtojligi belgilangan şaxslarga texnik reabilitatsiya vositalarini xarid qiliş uçun mablağ ijtimoiy kartalariga ötkaziladi.
▪️ Patrullar mahallalarning içki köçalarini ham qamrab oladi, «112» xabarlari böyiça xonadonlardagi jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi. Ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzganlarning keyingi tadbirlarga kirişi vaqtinça çeklanadi.
▪️ Tadbirkorlar örnatgan kameralarga haydovçining xavfsizlik kamarini taqmaganini qayd etişga ruxsat beriladi. Haydovçining yuzi va kamar holati suratda aniq körinişi şart.
Hududlardagi yangi tartiblar:
▪️ «FAST – superqahramonlar» dasturi doirasida 1–4-sinf öquvçilariga insult belgilarini aniqlaş örg atiladi. Dastlab Olmazor tumanidagi 7 ta, Samarqand şahri, Kattaqörğon va Iştixon tumanlaridagi jami 6 ta maktab qamrab olinadi.
▪️ Qoraqalpoğiston va Xorazmda köçat ekiş mavsumi boşlanadi. Buxoro va Navoiyda – 5-noyabrdan, Surxondaryo va Qaşqadaryoda – 20-noyabrdan, qolgan hududlarda – 10-noyabrdan boşlanişi belgilangan.