Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi
Özbek alifbosini takomillaştirişga oid 21-oktabrdagi ÖRQ–1184-son Qonun qabul qilindi. Unga köra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat alifbo joriy etiladi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ tutuq belgisi.
Qonun kuçga kirguniça rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda harflarning avvalgi şakli mavjudligi ularning amal qilişi va muomalada bölişiga monelik qilmaydi.
Davlat organlari va taşkilotlarining avvalgi harflar şakli mavjud ramziy belgilari va boşqa atributlari, binolardagi davlat gerbining börtma tasvirlari, geografik nomlar yozilgan peşlavha va körsatkiçlar hamda Hukumat belgilaydigan boşqa aşyo va manbalardan ular yaroqsiz holga kelguniça yoki qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan olti oy ötgaç kuçga kiradi.