Uluşli qurilişda fuqarolar mablağlarini eskrou hisoblari orqali himoya qiliş taklif etilmoqda
Qonunçilik palatasida «Köp kvartirali uylar va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun loyihasi körib çiqilib, Senatga yuborildi.
Loyihaga köra, uluşdorlarning puli töğridan-töğri quruvçiga emas, bankdagi eskrou hisobiga tuşadi. Mablağlar uy foydalanishga topşirilgaçgina quruvçiga ötkaziladi.
Developer aholi mablağlarini jalb qilişi uçun Yagona informatsion tizimda röyxatdan ötişi, bank bilan boş bitim tuzişi va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilişi kerak böladi. Uluşli iştirok etiş şertnomasi notarial tasdiqlanib, davlat röyxatidan ötkaziladi.
Quruvçi qonunga zid ravişda pul jalb qilsa, uluşdor mablağini qaytariş va undan foydalanilganligi uçun foiz tölaşni talab qilişi mumkin böladi. Zarur hollarda bank yoki quruvçini almaştiriş hamda moliyalaştirişni uzluksiz davom ettiriş mexanizmlari ham nazarda tutilmoqda.
Yangi tartib qonun kuçga kirganidan keyin qurilişiga ruxsatnoma olingan obyektlarga tatbiq etilişi belgilangan.