Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş böyiça yangi qoidalar taklif etilmoqda

Asosiy rasm

Hukumat qarori loyihasiga köra, ommaviy tadbirlarni taşkil etiş va ötkaziş tartibini takomillaştiriş nazarda tutilmoqda. Xususan:

– madaniy tadbirlar, köngiloçar-tomoşa dasturlari va sport musobaqalariga kiriş çiptalari elektron şaklda sotiladi (oçiq maydonlardagi ayrim tadbirlar bundan mustasno);

– çiptalarni belgilangan narxdan yuqori narxlarda qayta sotiş, qalbakilaştiriş va ulardan takroran foydalanişning oldi olinadi;

– oçiq maydonlarda doimiy örindiqlarsiz ötkaziladigan tadbirlarda, qoida tariqasida, har bir kvadrat metrga köpi bilan bir nafar iştirokçi töğri kelişi mezoni qöllaniladi;

– belgilangan taqiqlarni buzgan şaxslarning ommaviy tadbirlarga kirişi sud tomonidan vaqtinça çeklanişi mumkin;

– 2027-yildan ommaviy tadbirlarga kirişi vaqtinça çeklangan şaxslarning elektron hisobi yuritiladi;

– şaxsini aniqlaş imkonini bermaydigan darajada yuzini tösgan holda tadbirda böliş taqiqlanadi (belgilangan istisnolar bundan mustasno);

– ommaviy tadbirlarda fuqarolar oqimi, iştirokçilar soni va odamlar ziçligini nazorat qiliş uçun dronlardan foydalaniladi;

– fuqarolarni bepul mahsulotlar tarqatiş yoki haddan taşqari arzonlaştirilgan narxlarda sotiş orqali ommaviy tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanadi;

– tadbir ötkaziladigan obyektlarning xavfsizlik talablariga muvofiqligi yiliga kamida bir marta tekşiriladi;

– içki işlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va soğliqni saqlaş organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça xizmatlari pulli asosda amalga oşiriladi (belgilangan istisnolar mavjud);

– saylovoldi taşviqoti bilan boğliq ommaviy tadbirlar va köçma sirk tomoşalari uçun ruxsatnoma talab qilinmaydi. Bunda vakolatli organ kamida 10 iş kuni oldin xabardor qilinadi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring