Kredit reklamasining kamida 10 foizi moliyaviy xatarlar haqidagi ogohlantirişga ajratiladi
Prezident 10-noyabr kuni «Reklama töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi ÖRQ–1187-son qonunni imzoladi.
Unga köra, kredit, jumladan, mikroqarz reklamalarida qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib çiqarişi mumkinligi haqida ogohlantiriş bölişi şart. Ogohlantiriş reklama maydoni va efir vaqtining kamida 10 foizini egallaşi lozim.
Şuningdek, suğurta savodxonligini oşirişga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot turi sifatida belgilandi. Tegişli sohalardagi vakolatli davlat organlari ham ijtimoiy axborot reklama beruvçilari qatoriga kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan kuçga kiradi. Kredit reklamasidagi ogohlantiriş talabi esa uç oy ötgaç amalga kiritiladi.