Gaz şoxobçalarida maişiy ballonlarni töldirganlik uçun jarima, majburiy suğurta va yonğin auditi – yangi tartiblar belgilandi
Prezident imzolagan 2026-yil 2-noyabrdagi ÖRQ–1186-son Qonun bilan yonğin xavfsizligi sohasida yangi talablar va javobgarlik çoralari belgilandi.
Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida maişiy ballonlarga suyultirilgan gaz quyib berganlik uçun BHMning 3–5 baravari miqdorida jarima solinadi.
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlari obyektlarni yonğindan majburiy suğurta qilişi şart böladi. Şuningdek, yonğin oqibatida boşqa şaxslarning hayoti yoki soğliğiga zarar yetkazganlik uçun fuqarolik javobgarligi ham suğurtalanadi. Bu majburiyat bajarilmasa, mansabdor şaxslarga BHMning 50–75 baravari miqdorida jarima solinadi.
Yonğin auditi böyiça ijobiy xulosa olgan obyektlarda bir yil davomida davlat yonğin nazorati tekşiruvlari ötkazilmaydi. Tezkor tekşiruvlar bundan mustasno. Auditni Favqulodda vaziyatlar vazirligida akkreditatsiyadan ötgan taşkilotlar şartnoma asosida ötkazadi.
Yonğin xavfsizligi qoidalari buzilişi oqibatida inson hayoti yoki soğliğiga zarar yetsa, sud zarar yetkazuvçiga uni qoplaşdan taşqari qöşimça tovon tölaş majburiyatini ham yuklaşi mumkin. Tovon miqdori:
– jabrlanuvçi vafot etganda – BHMning 3 000 baravarigaça;
– jabrlanuvçida I guruh nogironligi yuzaga kelganda – BHMning 1 500 baravarigaça;
– soğliqqa boşqa tarzda şikast yetkazilganda – BHMning 600 baravarigaça böladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.