Fitch Ratings «Özbekgidroenergo» AJning mustaqil kredit salohiyatini qöllab-quvvatlovçi ijobiy omillarni qayd etdi
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi «Özbekgidroenergo» AJning uzoq muddatli kredit reytingini «BB» darajasida tasdiqladi, prognoz – «Barqaror». Jamiyatning mustaqil kredit profili «b+» darajasida baholandi.
Joriy baholaşda mustaqil kredit profilini belgilovçi qator yönalişlar böyiça baholar yaxşilandi. Jumladan, aktivlar sifati, moliyalaştiriş manbalaridan foydalaniş imkoniyati, qisqa muddatli majburiyatlarni bajariş qobiliyati va moliyaviy moslaşuvçanlik böyiça ijobiy özgarişlar qayd etildi.
Agentlik işlab çiqariş quvvatlarining kengayişi, yuqori operatsion rentabellik hamda qarz yukini boşqarişdagi puxta yondaşuvni Jamiyatning asosiy kuçli jihatlari sifatida körsatdi. Davlat kafolatisiz mablağ jalb qiliş tajribasining ortişi moliyalaştiriş imkoniyatlari va moliyaviy moslaşuvçanlikni yaxşilovçi omil sifatida baholandi.
Fitch Ratings tahliliga köra, mamlakatdagi operatsion muhit ta’sirini hisobga olişdan oldin Jamiyatning mustaqil kredit profili «bb-», ya’ni amaldagi bahodan bir poğona yuqori darajaga mos keladi. Yakuniy «b+» bahosi esa mamlakatdagi umumiy faoliyat yuritiş şaroitlari ta’sirini ham hisobga oladi.