O‘zbekistonning ikki universiteti TOP–1000 talikka kirdi

Asosiy rasm

Times Higher Education (THE) tashkilotining 2027-yilgi jahon universitetlari reytingiga O‘zbekistonning yettita oliygohi kiritildi.

Eng yuqori natijani «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti qayd etib, 551–600-o‘rinlar guruhidan joy oldi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa 651–700-o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi.

Toshkent davlat texnika va Toshkent davlat transport universitetlari 1001–1200-o‘rinlar guruhiga kirdi. O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1201–1400-o‘rinlardan joy oldi.

Bu yilgi reyting 118 mamlakatdagi 2 297 ta universitetni qamrab olgan.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring