O‘zbekistonning 38 ta oliygohi QS Osiyo reytingiga kirdi
«QS World University Rankings: Asia – 2027» reytingi e’lon qilindi. Undan joy olgan O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlarining 19 tasi Osiyodagi eng yaxshi 1000 talikka, 6 tasi 500 talikka, 2 tasi esa 200 talikka kirgan.
Mamlakatimiz oliygohlari orasida eng yuqori o‘rinlarni quyidagilar egalladi:
– «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti – 113-o‘rin;
– O‘zbekiston Milliy universiteti – 196-o‘rin;
– Samarqand davlat universiteti – 215-o‘rin;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 255-o‘rin;
– Toshkent davlat texnika universiteti – 281-o‘rin;
– Namangan davlat texnika universiteti – 469-o‘rin.
Markaziy Osiyo universitetlari orasida esa «TIQXMMI» 4-o‘rinni, O‘zbekiston Milliy universiteti 9-o‘rinni egallab, mintaqadagi eng yaxshi o‘ntalikka kirgan.