Özbekiston QI4SD xalqaro reytingida 28 poğona yuqorilab, 67-örinni egalladi
Özbekiston Barqaror rivojlaniş uçun sifat infratuzilmasi indeksi – QI4SDning 2026-yilgi natijalarida 67-örinni qayd etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 28 poğona yuqori.
Natijalar 4–6-noyabr kunlari Venada bölib ötgan Global Quality Forum doirasida BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (UNIDO) tomonidan e’lon qilindi.
Indeks mamlakatlarning metrologiya, standartlaştiriş, akkreditatsiya, muvofiqlikni baholaş va bozor nazorati tizimlari rivojlanganlik darajasini baholaydi.
Özbekiston 2022-yilda 130-örinda, 2024-yilda esa 95-örinda bölgan. Şu tariqa, tört yilda natija 63 poğonaga yaxşilangan.
MDH davlatlari orasida Özbekiston Rossiya (18-örin) va Qozоғistondan (61-örin) keyin uçinçi natijani qayd etdi.