Ilk bor özbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Şahlo Turdiqulova Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS) rahbariyatiga saylangan Özbekiston va butun Markaziy Osiyoning ilk vakili böldi.
U 2027–2028-yillarda akademiyaning Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça vitse-prezidenti sifatida faoliyat yuritadi. TWAS a’zolarining ovoz berişi orqali saylangan olima 2027-yil 1-yanvardan vazifasini bajarişga kirişadi.
Turdiqulova akademiya kengaşida ilmiy faoliyatning strategik yönalişlarini belgilaş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaşda iştirok etadi. Bu Markaziy Osiyoga taşkilotning ilmiy kun tartibini şakllantirişda rahbariyat darajasida qatnaşiş imkonini beradi.
Biologiya fanlari doktori, Ilğor texnologiyalar markazi direktori Şahlo Turdiqulovaning tadqiqotlari biotexnologiya, biokimyo va inson genetikasi bilan boğliq. U 2025-yildan TWAS a’zosi hisoblanadi.
1983-yilda Nobel mukofoti laureati Abdus Salom taşabbusi bilan taşkil etilgan akademiya 112 mamlakat olimlarini birlaştiradi. UNESCOning dasturiy bölinmasi bölgan TWAS rivojlanayotgan mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar, grantlar va yoş olimlarni tayyorlaşni qöllab-quvvatlaydi.