O‘zbekiston va Tatariston fanlar akademiyalari besh yillik hamkorlik rejasini imzoladi

Asosiy rasm

Qozonda O‘zbekiston va Tatariston fanlar akademiyalari o‘rtasida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ilmiy hamkorlik rejasi imzolandi. Hujjatni akademiyalar prezidentlari Sh.A. Ayupov va R.N. Minnixanov imzolagan.

Fanlar akademiyasi ma’lum qilishicha, reja fizika-matematika, texnika, kimyo-biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarni qamrab oladi. Unda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, olimlar o‘rtasida tajriba almashish va ilmiy tashkilotlarning bevosita aloqalarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Yosh olimlarning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki, ilmiy kadrlar tayyorlash va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga ham e’tibor qaratiladi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring