Kimyoviy tajribalardan astronomik kuzatuvlargacha: Toshkentda fan festivali o‘tkaziladi

Asosiy rasm

21-oktabr kuni poytaxtdagi Botanika bog‘ida yoshlar va ilm-fanga qiziquvchilar uchun «Formula 35» fan festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalda 9 ta interfaol ilmiy maydon tashkil etiladi. Ularda tashrif buyuruvchilar kimyoviy tajribalar, astronomik kuzatuvlar, mantiqiy va matematik o‘yinlarda qatnashishi mumkin. Shuningdek, tabiat, inson organizmi, dorivor o‘simliklar, yorug‘lik, lazer va plazma jarayonlariga oid mashg‘ulotlar, multimedia kvestlari va adabiy viktorinalar o‘tkaziladi.

Dasturga ko‘ra:

– 10:00–13:00 va 14:00–17:00 – interfaol maydonlardagi mashg‘ulotlar;
– 17:00–17:30 – yakuniy viktorinalar va sovrinli tanlovlar.

Festival o‘quvchi-yoshlarning ilm-fanga qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy texnologiyalar va amaliy tajribalar bilan tanishtirishga qaratilgan.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring