Nobel mukofoti – 2026: kimlar taqdirlandi?
2026-yilgi Nobel haftasida beshta yo‘nalish bo‘yicha laureatlar e’lon qilindi:
– Fiziologiya yoki tibbiyot: Karl Desserot, Peter Hegeman va Georg Nagel — nerv hujayralarini yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini bergan optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun.
– Fizika: Frensis Halzen — IceCube neytrino observatoriyasini yaratishga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi va yuqori energiyali kosmik neytrinolarni kashf etgani uchun.
– Kimyo: Anri B. Kagan va Kenso Soai — asimmetrik organik sintezda nochiziqli ta’sirlar va avtokatalizni kashf etgani uchun.
– Adabiyot: kanadalik Enn Karson — antik an’analar bilan muloqotga kirishib, zamonaviy adabiyot imkoniyatlarini kengaytirgan dadil va novatorlik ijodi uchun.
– Tinchlik: janubiy afrikalik huquqshunos Navi Pillay — tinchlik va xalqaro huquqni mustahkamlashga qaratilgan faoliyati uchun.
Iqtisodiyot bo‘yicha mukofot laureatlari 12-oktabrda e’lon qilinadi.