Xorijdagi vatandoş olimlar uçun ikki yillik grant tanlovi e’lon qilindi

Asosiy rasm

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (FA) jamğarmasi xorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan vatandoş olimlarni Akademiya tizimiga jalb etiş uçun 24 oylik reintegratsiya grantlari tanlovini e’lon qildi.

Loyihalar biotexnologiya va gen muhandisligi, aqlli materiallar va nanotexnologiyalar, sun’iy intellekt, Big Data va kvant texnologiyalari, qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasi hamda yaşil texnologiyalar yönalişlarida qabul qilinadi.

Şuningdek, tuproq şörlanişiga qarşi kuraşiş va toza suv, yadroviy fan va radiatsion texnologiyalar, raqamli tabiat, seysmik xavfsizlik, milliy tarix va jamiyat, ma’naviy meros va raqamli qölyozma yönalişlaridagi loyihalar ham tanlovda qatnaşişi mumkin.

Arizalar 2026-yil 22-noyabr soat 23:59 gaça loyiha.academy.uz platformasida qabul qilinadi. Hujjatlar belgilangan şakllar asosida töldirilişi lozim. Qoğoz nusxalari ham FA Prezidiumining 209-xonasida har kuni soat 09:00–18:00 da qabul qilinadi.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring