Yurtimizdagi paleolit manzilgohlari haqida yangi ma’lumotlar olindi

Asosiy rasm

Fanlar akademiyasi ma’lum qilishicha, Antropologiya instituti mutaxassislari O‘zbekistonning sharqiy qismidagi Ko‘ksaroy va Ertoshsoy paleolit manzilgohlarini geofizik usullar yordamida o‘rgandi.

2026-yilgi tadqiqotlar Varshava universiteti professori Małgorzata Kot rahbarligidagi INASIA loyihasi doirasida O‘zbekiston–Polsha hamkorligida olib borilgan. Ularda Chexiya mutaxassislari ham qatnashgan.

Elektr qarshilik tomografiyasi, georadar, passiv seysmik o‘lchovlar va magnitometriya orqali manzilgohlarning yer osti tuzilishi va qatlamlari haqida yangi ma’lumotlar olingan. Natijalar kelgusi qazishmalar va namuna olish uchun istiqbolli hududlarni aniqlashga yordam beradi.

Har ikki manzilgoh Markaziy Osiyodagi ilk yuqori paleolit davrini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.



Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring