Pedagog va öquvçilar har öquv yilida psixologik diagnostikadan ötkaziladi
Endilikda pedagoglar, tarbiyaçilar, öquvçilar, tarbiyalanuvçilar va talabalar har öquv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi. Bu Prezidentning 19-oktabrdagi PQ–379-son qarorida nazarda tutilgan.
Tizim 2026/2027 öquv yilidan boğça va maktablarda, 2027/2028 öquv yilidan örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida joriy etiladi.
Diagnostika elektron platformada ötkazilib, ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlanadi. Natijalar sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinib, iştirokçilar psixologik barqarorligi va yordamga ehtiyojiga köra uç guruhga ajratiladi. Zarur hollarda ta’lim taşkiloti psixologi yoki mentor psixolog biriktiriladi.
Malaka oşiriş kurslariga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga şu davr uçun lavozim maoşining 20 foizi miqdorida ustama tölanadi. Yuqori natija körsatgan 150 nafar mentor psixolog eng kam iş haqining 20 barobari miqdorida bir martalik rağbatlantiriladi. Psixologik xizmat xodimlari kamida har beş yilda malakasini oşiradi.
Şuningdek, Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti taşkil etilib, 2027-yil 1-yanvardan uning uçta ixtisoslaşgan laboratoriyasi faoliyati yölga qöyiladi.