Sinov tariqasidagi yangi tartib – Navoiy va Chirchiq aholisidan yillik daromad deklaratsiyasi so‘raladi

Asosiy rasm

Navoiy va Chirchiq shaharlarida doimiy ro‘yxatda turgan voyaga yetgan jismoniy shaxslar hamda soliq organlari xodimlari 2026–2027-yillarda olgan daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshiradi. Bu tartib Hukumatning 19-oktabrdagi 574-son qarori bilan tajriba-sinov tariqasida joriy etilmoqda.

Deklaratsiya Elektron soliq xizmatlari portali yoki «Soliq» ilovasi orqali hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi. Soliq organi muddatdan kamida bir oy oldin xabarnoma yuboradi.

Unda ish haqi, mulkiy va boshqa daromadlar, shuningdek, ko‘chmas va ko‘char mulk, soliqlar, kommunal xizmatlar hamda kreditlar bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlarning tadbirkorlik faoliyatiga oid xarajatlari bundan mustasno.

Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar idoralar axboroti, fiskal cheklar va elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, ularni ilova orqali qo‘shimcha kiritish mumkin. Deklaratsiyada xato bo‘lsa, aniqlashtirilgan hisobot topshirish imkoniyati beriladi.

Daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq asosida aniqlashtirilgan soliq bazasiga qo‘shimcha soliq hisoblanmaydi va huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmaydi. Qo‘shimcha soliq hisoblamaslik qoidasi Soliq kodeksining 393-moddasida belgilangan daromadlarga tatbiq etilmaydi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring