Saida Mirziyoyeva: AQSH bilan kelishuvlarni investitsiyalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish – asosiy vazifa
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH bilan hamkorlikda endi asosiy e’tibor erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilishini ta’kidladi.
“Endi oldimizdagi asosiy vazifa – erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdir. AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
