Qashqadaryo va Navoiyda yuz minglab aholi oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinadi

Asosiy rasm

Fransiya taraqqiyot agentligi va Yevropa Ittifoqi ishtirokidagi loyihalar doirasida Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Loyihalarning umumiy qiymati 119 million yevro bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa Komissiyasi tomonidan Fransiya taraqqiyot agentligi orqali qo‘shimcha 8,15 million yevro grant ajratilgan.

Qashqadaryoda Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida jami 53 ming kub metr/sutka quvvatli 2 ta oqova suv tozalash inshooti, 521,2 kilometr tarmoq va 10 ta nasos stansiyasi barpo etiladi. Natijada 51 ta MFYdagi 240,4 ming nafar aholi oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinadi.

Kitob tumani markazida ilk bor markazlashgan oqova suv tizimi yo‘lga qo‘yilib, 63,4 ming aholining xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shahrisabzda esa qamrov hozirgi 8 foizdan 86 foizgacha oshiriladi.

Navoiy viloyatining Karmana tumanida 9,8 ming kub metr/sutka quvvatli tozalash inshooti, 161 kilometr tarmoq va 5 ta nasos stansiyasi quriladi. Natijada 14 ta MFYdagi 54,9 ming aholining 49,4 ming nafari ilk bor oqova suv xizmatlari bilan qamrab olinadi, qamrov darajasi 90 foizga yetadi.

Qurilish va texnik nazorat ishlarida Turkiya, Koreya va Fransiya kompaniyalari ishtirok etadi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring