«Toshkent» fond birjasi Nasdaq bilan texnologik modernizatsiyani muhokama qildi
Samarqandda «C5+1» doirasidagi AQSH–O‘zbekiston biznes va investitsiyalar kengashi tadbirlari davomida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi vakillari va «Toshkent» Respublika fond birjasi rahbari Nasdaq kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralarda birjaning savdo, kliring, brokerlik va bozor nazorati tizimlarini modernizatsiya qilish hamda e’lon qilingan RFP jarayoni doirasida texnologik yechimlarni tanlash masalalari muhokama qilindi.
Nasdaq Stokgolm fond birjasi tajribasini joyida o‘rganishni taklif etdi. Bu savdo, kliring, brokerlik, bozor nazorati va depozitariy tizimlarining o‘zaro integratsiyasi hamda amaldagi texnologik yechimlar bilan tanishishni nazarda tutadi.