Maktab o‘quvchilari kitobxonlik tanlovida 50 ming dollar yutib olishi mumkin
1–11-sinf o‘quvchilari uchun «Milliy kitobxonlik harakati» umummilliy tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning bosh sovrini 50 ming AQSh dollari, umumiy mukofot jamg‘armasi esa 240 ming dollarni tashkil etadi.
Ishtirokchilar uchta toifada bellashadi:
– 1–5-sinf o‘quvchilari;
– 6–8-sinf o‘quvchilari;
– 9–11-sinf o‘quvchilari.
Har bir toifa uchun o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxati belgilangan. Barcha tavsiya etilgan kitoblar «Mutolaa» ilovasida mavjud bo‘lib, ulardan tanlovga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanish mumkin.