Bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi
2025–2026-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun 2026-yil 31-iyul kuni soat 10:00da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarka davomida bitiruvchilar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha maslahatlar olish hamda kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.
Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Soliq boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etadi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ish qidirish jarayonini tez, qulay va xavfsiz tashkil etishga xizmat qiluvchi “Oson ish” va “Mening ishim” mobil ilovalari imkoniyatlari ham taqdim etiladi.
Tadbir manzili: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Sana: 2026-yil 31-iyul.
Boshlanish vaqti: soat 10:00.