Prezident yoshlarning startap va innovatsion loyihalari bilan tanishdi

Asosiy rasm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan ko‘rgazmada faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashdi.

Ko‘rgazmada ta’lim, startaplar, sun’iy intellekt, muhandislik, ekologiya va kitobxonlik yo‘nalishlaridagi loyihalar taqdim etildi.

Prezident maktabi bitiruvchisi Asilbek Ashurov tomonidan yaratilgan “Makon AI” sun’iy intellekt platformasi AQSH hamda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq foydalanuvchini qamrab olgani, loyiha 380 ming dollar investitsiya jalb qilgani va uning qiymati 3 million dollarga baholangani ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Y Combinator” dasturining ilk o‘zbek ishtirokchisi Sardorbek Rahmatulloyevning xalqaro tajribasi ham e’tirof etildi.

Muhandislik yo‘nalishida dron texnologiyalari va yangi avlod avtomobillariga oid ishlanmalar namoyish etildi. Ekologiya, inklyuziv ta’lim va kitobxonlik bo‘yicha loyihalar ham taqdim etildi.

“Mutolaa” mobil ilovasi qariyb 5 million marta yuklab olingani, platformada o‘qilgan kitoblar soni esa 18 milliondan oshgani qayd etildi.

Prezident yoshlarning istiqbolli g‘oyalari va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring