Oliygohlar bitiruvchilarining bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Asosiy rasm

Barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilib, ularning natijadorligi asosida rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanadi hamda eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Joriy yilda oliygohlar miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir ta’lim yo‘nalishi kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar (workshoplar) tashkil etiladi.

Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni biznes yuritish imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida barcha oliygohlarda “Tadbirkorlik asoslari” fani o‘qitiladi.

Aniq buyurtma va moslashuvchan dasturlar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual ta’lim shaklini joriy etish tashabbusi ham ilgari surildi. Bunda talabalarni dasturga qabul qilish hamda to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash ish beruvchi va oliygoh o‘rtasidagi kelishuv asosida amalga oshiriladi. Buyurtmachi esa talaba o‘qishni tamomlagach, uni ish bilan ta’minlashga kafolat beradi.


Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring