"Yoshlar tashabbuslari marafoni"ning navbatdagi manzili – Samarqand!
Samarqand shahridagi "Yoshlar kreativ shaharchasi"da Yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan "Yoshlar tashabbuslari marafoni" bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Q. Qur’onboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari O. Hasanov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev ishtirok etib, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi va "Turonbank" ATB hamkorligida amalga oshirilayotgan "Ustoz AI" loyihasi doirasidagi dasturlash kurslari yoshlar e’tiboriga havola qilinib, zamonaviy IT kasblari, dasturlash asoslari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining amaliy imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Marafon ishtirokchilari dasturlash va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini oshirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, innovatsion g‘oyalar, startap loyihalar va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir doirasida "Turonbank" ATB tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.