O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan XXI Xalqaro standartlar olimpiadasida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Ushbu natija o‘zbekistonlik yoshlarning standartlashtirish sohasidagi bilim va salohiyati, izlanishi hamda xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etdi.
O‘zbekiston vakillari nufuzli xalqaro musobaqada mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishdi.