14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy zo‘ravonlik uchun 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi belgilandi

Asosiy rasm

Prezident bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Hujjat beshta kodeks va oltita qonunga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutadi.

Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 14 yoshga to‘lmagan bolaga jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddati cheklanmaydi.

Bolaga jismoniy yoki ruhiy azob bergan shaxslar, jumladan, ta’lim muassasalari xodimlari va yaqin qarindoshlar ham javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun tayinlangan jazo yengillashtirilmaydi.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring