Toshkent viloyatining 50 ta mahallasida issiqxonalar uchun 200 mln so‘mgacha subsidiya beriladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 13-oktabrdagi PQ–371-son qaroriga ko‘ra, Toshkent viloyatining issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallasida har bir oilaga 200 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqa yoki dehqon xo‘jaligi uchun yerga ega fuqarolarga tajriba tariqasida «yashil» issiqxona qurish uchun 300 mln so‘mgacha, mavjudini qayta jihozlash uchun esa 150 mln so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Toshkent, Zangiota, Qibray, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlarida tomorqa issiqxonalarini isitish uchun energiya tejovchi uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi qoplanadi. Bir martalik subsidiya 100 mln so‘mdan oshmaydi va 2030-yil 1-yanvargacha ajratiladi.

Issiqlikni saqlovchi maxsus qoplama va (yoki) energiya samarador isitish vositalaridan foydalanadigan issiqxonalarning oktabr–mart oylaridagi elektr xarajatlari 50 foizga qoplanadi. Bu subsidiya 2026-yil 1-noyabrdan 2030-yil 1-aprelgacha amal qiladi.

Daromadining kamida 60 foizini issiqxona faoliyatidan oladigan xo‘jaliklar uchun:
– ijtimoiy soliq 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha 1 foiz etib belgilanadi;
– yer va mol-mulk solig‘i stavkalari 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha 50 foizga kamaytiriladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun QQS stavkasi ham nol foiz etib belgilangan. Ular va baliqchilik korxonalarining o‘z mahsulotini sotishdan olgan foydasiga nol foizlik foyda solig‘i qo‘llanadi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring