Davlat sirlari bilan bog‘liq va alohida muhim obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi belgilandi

Asosiy rasm

Hukumatning 2026-yil 12-oktabrdagi 560-son qarori bilan qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish va foydalanishga ruxsat berish reglamentiga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra, alohida hollarda davlat sirlari bilan bog‘liq yoki alohida muhim toifalangan obyektlar Vazirlar Mahkamasi hujjatlari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga qabul qilinadi. Buning uchun Davlat qabul komissiyasi hamda buyurtmachi tomonidan ishchi komissiya tuziladi.

Qabul qilish komissiyalar dalolatnomalarini rasmiylashtirish va tasdiqlash orqali amalga oshiriladi. Davlat qabul komissiyasining dalolatnomasini uning raisi tasdiqlaydi.

Dalolatnoma rasmiylashtirilishidan oldin obyekt Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan majburiy nazorat o‘lchovidan o‘tkaziladi.





Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring