Shaxsni 3 yoki 10 sutkagacha ma’muriy ushlab turishga oid norma Konstitutsiyaga zid deb topildi

Asosiy rasm

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 288-moddasi ikkinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash haqida»gi qarori (QSQ–8-son, 2026-yil 22-sentabr) qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili – ombudsman Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining Konstitutsiya 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlashni so‘ragan.

Qaror bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismida belgilangan quyidagi norma Konstitutsiyaning 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq emas deb topildi:

«Huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda – ushlash paytidan boshlab yigirma to‘rt soat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilib, 3 sutkagacha, huquqbuzarda shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmasa, prokurorning sanksiyasi bilan 10 sutkagacha ushlab turish mumkin».




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring