1-oktabrdan my.gov.uz orqali mol-mulkni begonalashtirishga taqiq qo‘yish, telefon raqamlarini boshqarish va bank kartalarini bloklash mumkin bo‘ladi

Asosiy rasm

Qonunchilikka muvofiq, 2026-yil 1-oktabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi elektron xizmatlar joriy etiladi.

Ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha:

– jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk hamda avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qo‘yish, shuningdek, begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.

Telefon raqamlari va bank kartalari bo‘yicha:

– fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rishi;

– telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga o‘tkazishi va qayta faollashtirishi;

– foydalanilmayotgan telefon raqamiga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish uchun ariza yuborishi;

– telefon raqamiga ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olishi;

– bank kartasini bloklash yoki yopish bo‘yicha emitentga ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.

Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilganda, unga Yagona portal orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi hamda bunday harakatlar hisobi yuritiladi.




Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring