Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Dastur davlat organlari va tashkilotlari, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, tashkilot va muassasalarda tatbiq etilishi nazarda tutilgan.

2026-yil 1-dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari uchun “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. Unda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat yuborish mumkin bo‘ladi.

Mas’ul xodim, uning rahbari yoki mansabdor shaxs bilan bog‘liq murojaatlar avtomatik ravishda yuqori turuvchi instansiyaga yo‘naltiriladi. Murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash, xulosa tayyorlash va axborot almashish jarayonlari ham portal orqali amalga oshiriladi.

Murojaatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari aniqlansa, materiallar “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organga yuboriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring