Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Asosiy rasm

Hukumatning 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qaroriga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi.

Chegirma davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan pedagoglar farzandlariga tatbiq etiladi. Agar pedagogning bir nechta farzandi kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, imtiyoz har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

Chegirma oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari, xorijiy va nodavlat OTMlar, ularning filiallari, qo‘shma ta’lim dasturlari, shuningdek, qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotganlarga tatbiq etilmaydi.

Ariza kontrakt.edu.uz tizimi orqali topshiriladi. Ariza beruvchining pedagog farzandi ekani “Raqamli hukumat” tizimi orqali tasdiqlansa, chegirma avtomatik qo‘llaniladi. Arizalar 2 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Imtiyoz har bir o‘quv yili uchun bir marta qo‘llaniladi. Agar talabaning otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilsa, keyingi o‘quv yilidan chegirma berish to‘xtatiladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring