Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi

Asosiy rasm

Qonun (O‘RQ–1175-son, 11.09.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar o‘zlari va voyaga yetmagan farzandlari uchun nikoh tuzilganligi hamda tug‘ilganlik haqidagi takroriy guvohnomalarni olishda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holati bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga murojaat qilgan jabrlanuvchilar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bunday yordam aliment undirish, uyga kiritish yoki ko‘chirish, otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish, bolaning yashash joyi va u bilan ko‘rishish tartibini belgilash, nikohdan ajratish, mol-mulkni bo‘lish, yetkazilgan zararni undirish, ishga tiklash va ish haqini undirish kabi masalalar bo‘yicha ko‘rsatiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.







Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring