Chorvoqda cho‘kib ketgan uch kishidan birining jasadi topildi

Asosiy rasm

Avval xabar berganimizdek, 2-sentabr kuni Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketgan edi. Ular Bo‘stonliq tumanidagi “Burchmulla” MFY hududida katerda sayr qilib, cho‘milish taqiqlangan joyda himoya nimchalarisiz suvga tushgan.

Hodisa ortidan FVV g‘avvos-qutqaruvchilari qidiruv ishlarini boshlagan. Suv omborining chuqurligi va qidiruv hududining kattaligi sabab voqea joyida maxsus shtab tashkil etilib, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan qo‘shimcha kuchlar jalb qilingan.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 13:02 da qidiruv ishlari davomida uch kishidan birining jasadi topilgan.

Qolgan ikki fuqaroni qidirish ishlari davom etmoqda.






Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring