Texnogen favqulodda vaziyatlarda halok bölganlarning oilasiga BHMning 500 baravarigaça moddiy yordam beriladi
Hukumatning 2026-yil 3-noyabrdagi 606-son qarori bilan texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi tasdiqlandi.
Nizomga köra, bir martalik moddiy yordam:
– halok bölgan fuqaroning oila a’zolariga teng uluşlarda – BHMning 500 baravarigaça;
– oğir tan jarohati olganlarga – 200 baravarigaça;
– örtaça oğirlikdagi jarohat olganlarga – 150 baravarigaça;
– yengil jarohat olganlarga – 100 baravarigaça tölanadi.
Jabrlanganlar hodisa sodir bölgan kundan boşlab 30 kun içida tegişli komissiyaga ariza berişi kerak.
Tölovlar sud tomonidan aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan amalga oşiriladi. Aybdorlar aniqlanguniga qadar yoki ular belgilangan muddatda töliq tölay olmasa, mablağ tuman yoki şahar hokimligi huzuridagi maxsus jamğarmadan ajratiladi. Keyinçalik bu mablağ aybdorlardan undiriladi.
Tartib transport halokatlari, xavfli obyektlar, energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi kabi texnogen favqulodda vaziyatlarga tatbiq etiladi.