Zangiota tumanidagi doʻkonlardan birida yongʻin sodir boʻldi

Asosiy rasm

FVV xabariga koʻra, bugun soat 12:29 da Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” mahallasi hududida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borib, ayni vaqtda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hozirga qadar jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Vaziyat toʻliq nazorat ostida.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring