Jamoat xavfsizligi tizimi yangilanadi – “112” chaqiruvlari bo‘yicha xonadonlarga ham tezkor yetib boriladi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 4-sentabrdagi PQ–314-son qarori bilan ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangi ish tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘linmalari fuqarolarning murojaat va xabarlariga xizmat yo‘nalishi va hududidan qat’i nazar tezkor munosabat bildirishi, aholi bilan ochiq muloqot qilishi hamda huquqbuzarliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlashi kerak.

Profilaktika inspektorlariga ham qo‘shimcha vakolatlar beriladi. Ular birinchi marta sodir etilgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ogohlantirish, mahalla ko‘chalaridagi yo‘l harakati qoidabuzarliklarining 4 turi hamda yana 9 turdagi ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha jazo qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, profilaktika inspektorining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Inspektor faoliyatini baholashdagi asosiy mezonlardan biri aholining unga bo‘lgan ishonchi bo‘ladi.

Aholi ovoz berish orqali profilaktika inspektoriga nisbatan “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirishi mumkin bo‘ladi. Natijaga ko‘ra, unga xizmatdan ozod etishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llash uchun asos yuzaga kelishi mumkin.

2026-yil 1-noyabrdan “112” tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha patrul-post va qo‘riqlash xizmatlari nafaqat jamoat joylariga, balki aholi yashash xonadonlaridagi jinoyat va hodisalarga ham tezkor yetib boradi.

Bundan tashqari, ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini buzgan shaxslarning keyingi ommaviy tadbirlarga kirishiga vaqtincha cheklov qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Har xil vazifalar – yagona vakolat” tamoyili asosida patrul-post, qo‘riqlash va yo‘l-patrul xizmatlarining ayrim vakolatlari o‘zaro kengaytiriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring