Sud tizimi isloh qilinadi – “Odil sudlov – 2030” strategiyasi tasdiqlandi

Asosiy rasm

Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PF–160-son Farmoni bilan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-iyuldan umumyurisdiksiya va ma’muriy sud yo‘nalishlarida ishlarni qayta ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan hududlararo sudlar tashkil etiladi. Ularning yurisdiksiya hududi bir nechta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladi.

Shu sanadan tergov sudyasiga protsessual majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishda shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va asosliligini, shuningdek gumon qilish yoki ayblov e’lon qilish uchun asoslar yetarliligini tekshirish vakolati beriladi.

2027-yil 1-avgustdan yagona sud amaliyotini shakllantiruvchi Oliy sud Rayosati qarorlarini ochiq e’lon qilib borish amaliyoti – “Pretsedentlar” reyestri joriy etiladi.

2027-yil yakuniga qadar Oliy sudning my.sud.uz interaktiv xizmatlar portalining yangilangan mobil ilovasi ishga tushiriladi. Shuningdek, portaldagi “Sudga murojaat namunalari” interaktiv xizmati takomillashtiriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring