Kredit reklamalari va shartnomalarida qo‘shimcha ogohlantirishlar kiritilishi mumkin

Asosiy rasm

Markaziy bank kredit reklamalari va kredit shartnomalarida qarz oluvchilar uchun moliyaviy xatarlar haqidagi ogohlantirishlarni majburiy joylashtirishni taklif qilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, kredit reklamasida “kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik moliyaviy xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin” degan mazmundagi ogohlantirish bo‘lishi kerak.

Ogohlantirish reklama maydoni yoki vaqtining kamida 10 foizini egallashi lozim.

Kredit shartnomasida esa ogohlantirish shartnoma birinchi qismining asosiy yuzasining kamida 30 foizini egallashi taklif etilmoqda.

Ogohlantirishda kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik qarz miqdorining oshishi, majburiy undiruv choralari, mol-mulkka undiruv qaratilishi, hisobvaraqlardagi mablag‘larning xatlanishi hamda kredit tarixiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etiladi.

Shuningdek, bank taklif etayotgan kredit mahsuloti iste’molchini chalg‘ituvchi deb topilsa, Markaziy bank bankning ayrim moliyaviy operatsiyalarini yoki infratuzilmasini kengaytirishni 6 oygacha cheklashi yoki taqiqlashi mumkin.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring