Maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyati tartibga solindi

Asosiy rasm

Hukumat qarori (437-son, 07.08.2026-y.) bilan respublika darajasidagi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari markaziy apparatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarida maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qiladi.

Maslahatchi Departament bilan kelishilgan holda tegishli davlat organi, tashkilot yoki xo‘jalik birlashmasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Maslahatchining asosiy vazifalari:

– davlat tilini rivojlantirish va geografik obyektlarni nomlash masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;

– davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada rivojlantirishga oid buyruq, qaror va ko‘rsatmalar ijrosini nazorat qilish va boshqalar.

Maslahatchining hisobotlari Departament tomonidan yiliga kamida bir marta, tegishli davlat organlari va tashkilotlari yig‘ilishlarida esa har chorakda eshitib boriladi.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring