Bugundan hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi

Asosiy rasm

Bugundan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston hududida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan va (yoki) koʻpaytiriladigan hayvonlar identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi kerak.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:

– qoramol, qoʻy, echki va tuyalar – tugʻilganidan 14 kun oʻtgach;

– otlar – tugʻilganidan 4 oy oʻtgach;

– choʻchqalar – tugʻilganidan 1 oy oʻtgach;

– itlar va mushuklar – tugʻilganidan 3 oy oʻtgach.

Bunda hayvonlar koʻrsatilgan muddatlar tugaganidan keyin 1 oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va roʻyxatga olinishi kerak.

Oʻzbekistonga saqlash yoki koʻpaytirish maqsadida olib kiriladigan hayvonlar olib kirilgan sanadan boshlab 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.

Hayvonlar soʻyilgan, nobud boʻlgan, oʻlgan, yoʻq qilingan yoki Oʻzbekiston hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda 7 kun ichida hisobdan chiqariladi.

Vakolatli davlat organi vakili hayvon egasining murojaati asosida 5 ish kuni ichida hayvonni identifikatsiya qilishi va roʻyxatdan oʻtkazishi lozim.

Teglar: Teglar yo'q
Ulashish:

O'xshash maqolalar

Sharhlar (0)

Hali sharhlar yo'q. Birinchi sharhni siz qoldiring!

Sharh qoldiring