Olmaliqda Mis boyitish fabrikasiga qarashli magistral quvur yorildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati axborot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur holat 5-avgust kuni soat 11:55 da Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga olib boruvchi magistral quvurda kuzatilgan.
Mutaxassislar tomonidan quvur ta’mirlanib, yoʻllar tozalangan.